Kecha tunda Ozarbayjon va Dog‘istonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi — video

© AP Photo / DITA ALANGKARASifrovoy seysmograf, arxivnoe foto
Sifrovoy seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila episentri Kaspiy dengizida, Xachmaz viloyatidan 80 kilometr shimoli-sharqda, zilzila manbai 35 kilometr chuqurlikda joylashgan.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Kaspiy dengizida 3-iyuldan 4-iyulga o‘tar kechasi 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Ozarbayjon va Dog‘istonda sezildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Zilzila episentri Kaspiy dengizida, Xachmaz viloyatidan 80 kilometr shimoli-sharqda, zilzila manbai 35 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishini Boku va mamlakatning bir qator hududlari aholisi ham sezgan. Ozarbayjon seysmologiya xizmati markazi qayd etishicha, zilziladan keyin silkinishlar davom etgan, ammo kuchli silkinishlar qayd etilmagan.
Shu bilan birga, Dog‘istonda ham Derbentdan Ozarbayjon tomon 100 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0