Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

"Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz" xizmati qanday ishlaydi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevUrna dlya golosovaniya na prezidentskix viborax v posolstve Uzbekistana v Moskve.
Urna dlya golosovaniya na prezidentskix viborax v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxatiga kiritilganmisiz? Sizning saylov uchastkangiz qayerda? Ushbu ma’lumotlarni olish xizmati ishga tushdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Saylovchilar ro‘yxatida o‘zingizni qanday tekshirishni bilasizmi? Buning uchun “Saylovchilar ro‘yxatida bormisiz” xizmatidan foydalanish kerak.
Saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxati oqali o‘z saylov uchastkangizni aniqlab olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1.
MSK rasmiy sayti — www.saylov.uz ga kiring
2.
Bu yerda “Xizmatlar” sahifasiga kirib, “Ovoz beruvchilar ro‘yxatida bormisiz” xizmatini tanlang
3.
Yangi ochilgan sahifada pasport yoki ID-karta nomerini va tug‘ilgan sanani kiriting
4.
So‘ngra tasdiqlash kodini kiriting va “Izlash” knopkasini bosing
5.
Shundan so‘ng sayt sizga Saylov uchastkangizning manzili, telefon raqami va xaritada joylashuvi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ushbu xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ham foydalanish mumkin.
Xizmatdan foydalanish bepul.
Eslatib o‘tamiz, navbatdan tashqari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0