Rossiya TIV: Kiyev NATO va AQSh ko‘magisiz dronlar hujumini amalga oshira olmas edi

© Sputnik / Maksim BlinovVid na visotnoe zdanie Ministerstva inostrannix del RF so smotrovoy ploshadki delovogo sentra Golden Gate.
Vid na visotnoe zdanie Ministerstva inostrannix del RF so smotrovoy ploshadki delovogo sentra Golden Gate. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Ukrainaning Moskva va Moskva viloyatiga dronlar yordamida hujum qilishga urinishiga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. AQSh va NATOning yordamisiz Kiyev Moskvaga dronlar hujumini amalga oshira olmas edi. Rossiya TIV Moskvaga uyushtirilgan dronlar hujumiga shunday munosabat bildirdi.
“Bunday hujumlarni Kiyev rejimiga ko‘rsatilgan AQSh va uning NATO ittifoqchilari yordamisiz amalga oshirishning iloji bo‘lmas edi. Ular qurol-yarog‘lar, jumladan, dronlarni yetkazish berish va ularning operatorlarini o‘qitishni davom ettirmoqdalar. Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etish uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini, jumladan, fuqarolik va harbiy sun’iy yo‘ldoshlardan yer yuzasi tasvirlari yordamida olingan ma’lumotlarni taqdim etmoqdalar. Bularning barchasi Vashington va uning hamkorlarini Kiyev tomonidan G‘arb qurollari bilan pullariga rejalashtirgan terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirishda sherik bo‘lishiga olib kelmoqda”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning beshta dron bilan Moskva va viloyat obyektlariga havo orqali terrorchilik hujum uyushtirishga bo‘lgan urinishining oldi olinganini xabar qilgan edi. Qayd etilishicha, Yangi Moskva hududida to‘rtta dron havo hujumi mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan, yana bir qurilma radioelektron kurash (REB) yordamida zararsizlantirilgan va qurilma Moskva viloyatining Odinsovo tumani hududida qulagan. Qurbonlar va vayronagarchilik kuzatilmagan.
Yangiliklar lentasi
0