Bu o‘lim hukmi: iqlimshunos insoniyat uchun dahshatli bashoratni e’lon qildi

© AFP 2023 / KHALED DESOUKIGorashie polya v Yegipte. Arxivnoe foto
Gorashie polya v Yegipte. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
Yer yuzida haroratning rekord darajada ko‘tarilishi insoniyat uchun “o‘lim hukmi” hisoblanadi — britaniyalik iqlimshunos.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Yer yuzida haroratning rekord darajada ko‘tarilishi insoniyat uchun “o‘lim hukmi” hisoblanadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Imperial kolleji qoshidagi Grentem atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish instituti iqlimshunosi Friderik Otto “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Nashr e’lon qilgan AQSh Milliy ekologik bashorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 3-iyul, dushanba kuni yer yuzidagi o‘rtacha harorat 17,01°S ga yetgan. Avvalgi rekord 2016-yilning avgustida o‘rnatilgan bo‘lib, dunyoning o‘rtacha harorati 16,92 darajani tashkil qilgan edi.
“Bu biz quvonishimiz mumkin bo‘lgan hodisa emas. Bu insoniyat va ekotizimlar uchun o‘lim hukmidir”, — ma’lum qildi Otto.
Nashrning qayd etishicha, joriy yilda BMT iqlim o‘zgarishi va okean oqimining fazalari bilan bog‘liq bo‘lgan El-Nino tabiiy hodisasi tufayli global haroratning oshishi haqida ogohlantirgan. Faza o‘zgarishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, La-Ninada atmosferadan issiqlik okeanga intensiv ravishda o‘tadi, El-Ninoda esa oqim okeandan atmosferaga o‘tadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus chorshanba kuni ma’lum qilgan xabariga ko‘ra, kelgusi oylarda dunyoni suv toshqini, bo‘ronlar va issiqlik to‘lqinlari kabi ekstremal ob-havo hodisalari kutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0