Mudofaa vazirligi orkestri Ostonada festivalda ishtirok etadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMarafon ishtirokchilari harbiy orkestr tomonidan taqdirlandi
Marafon ishtirokchilari harbiy orkestr tomonidan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston poytaxtida o‘tkaziladigan festivalda sakkiz davlatdan harbiy orkestrlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestrlari “Ostona – madaniyat karvoni” birinchi harbiy orkestr festivalida ishtirok etadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Tadbir bugun, 6-iyul kuni, Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Unda Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Yaponiyadan musiqa jamoalari ham ishtirok etmoqda.
Respublika Mudofaa vazirligi ham harbiy orkestrlar festivali tinchlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0