Qozog‘istonlik harbiylar O‘zbekistonda tajriba almashdi — eng yorqin suratlar

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalarining bir guruh harbiy xizmatchilari O‘zbekistonda tahsil oldi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Qozog‘istonlik harbiy mutaxassislar O‘zbekistondagi o‘quv markazida tajriba almashdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni bazasida joylashgan va Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini cho‘l sharoitida tayyorlash markazida Qozog‘iston mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalarining bir guruh harbiy xizmatchilari tahsil oldi.
Bir necha kun davom etgan o‘quv kursi dasturiga muvofiq ikki davlat harbiy xizmatchilari bir qator amaliy mashqlar bajarishdi.
Amaliy mashqlar:
sahroda cho‘l sharoitida olov va suv topish;
ov qilishga mo‘ljallangan qo‘l ostidagi predmetlardan yasalgan qurollar va qopqonlarni tayyorlash;
cho‘l sharoitida bo‘linmalarning niqoblanishi hamda shaxsiy tarkib joylashishi uchun sharoitlarni yaratish;
shartli yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va qo‘lbola tibbiyot buyumlarini yasash.
Kurs yakunida bo‘linmalar bir necha kilometrli razvedka-qidiruv harakatlarini amalga oshirib, yo‘nalishda mavjud suvli to‘siqlardan o‘tishni amalda qo‘llashdi.
Yaqin jangda bir-birini himoya qilgan holda jangovar qurollarni qo‘llash, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni mashq qilishdi.
O‘quv kursini tamomlagan harbiy xizmatchilarga sertifikat, faxriy yorliq topshirildi.
© Ministerstvo oboroni respubliki Uzbekistan
Voyennie Kazaxstana obmenyalis opitom v uchebnom sentre v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
1/7

2/7

3/7

4/7

5/7

6/7

7/7
Yangiliklar lentasi
0