Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Baxtiyor Saidov Sergey Lebedev bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© press-slujba MID Respubliki UzbekistanTashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov: Sergey Lebedev janoblarini mamlakatimizda kutib olishdan doimo mamnunmiz.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.
Unda Baxtiyor Saidov MDH Kuzatuvchilari missiyasi faoliyatini yuqori baholadi va O‘zbekistonning Hamdo‘stlik doirasidagi integratsion hamkorlikdagi ishtiroki istiqbollari haqida gapirdi.
© press-slujba MID Respubliki UzbekistanTashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi
Sergey Lebedev vstretilsya s Ministrom inostrannix del respubliki Uzbekistan Baxtiyerom Saidovim
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2023
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi
“Prezident saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilar missiyasi rahbari sifatida yurtimizga kelgan MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev janoblarini mamlakatimizda kutib olishdan doimo mamnunmiz. Bugungi uchrashuvimiz davomida o‘zaro hamkorligimizning bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildik”, deb yozadi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Uchrashuv davomida Sergey Lebedev Baxtiyor Saidovga MDH missiyasi tarkibi va uning saylov kampaniyasini monitoring qilish jarayonini tashkil etishi haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar shuningdek, 12-oktabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishni muhokama qilishdi.
Suhbat chog‘ida MDH Bosh kotibi MDH hamkorlari O‘zbekistonning jahon miqyosidagi roli ortib borayotgani, shuningdek, Hamdo‘stlik hayotining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish va kengaytirishda olqishlashini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, MDH kuzatuvchilari missiyasi xulosalari saylovning ertasiga, 10-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0