Qamchiq dovonida ikki ayolni sel oqizib ketdi

© UChS Namanganskoy oblasti2 jenshini pogibli v rezultate sxoda selya na perevale Kamchik
2 jenshini pogibli v rezultate sxoda selya na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Mollarini sog‘ish uchun ketayotgan ikki namanganlik ayolni sel oqizib ketdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Namangan viloyati FVB axborot xizmati Qamchiq dovonida namanganlik 2 nafar ayolning jasadi topilgani aytilgan xabarga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7-iyul kuni M-39 Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent—vodiy yo‘nalishida ikki nafar 27 yoshli ayol tog‘ balandligidagi mollarini sog‘ish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yog‘ishi kuzatilgan. Ayollar yomg‘irdan qochib, sel toshqin suvlari uchun maxsus 1200 diametrli temir quvur ichida o‘tirgan vaqtda 40-50 metr kub sel kelib, quvur ichidan Rezaksoyning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan.
Soyni sel massasidan tozalash jarayonida ayollarning jasadi topilgan.
Hozir dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0