Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Raisiy Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

© POOL / Mediabankka o‘tish19 iyulya 2022. Prezident Irana Ebraxim Raisi vo vremya vstrechi s prezidentom RF Vladimirom Putinim.
19 iyulya 2022. Prezident Irana Ebraxim Raisi vo vremya vstrechi s prezidentom RF Vladimirom Putinim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Eron orasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda qabul qilingan "Yo‘l xaritasi"ga muvofiq sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ta’kidlandi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.
Telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda Eron rahbari O‘zbekiston prezidentini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, Raisiy Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiyning salomi va tabriklarini ham yetkazdi.
Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyevning Eronga iyun oyida bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan oliy darajali kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ham muhokama qilindi. Qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga kirishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Undan tashqari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va hududlar ma’muriyatlari darajasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0