Putin isondan so‘ng Prigojin bilan Kremlda uchrashdi

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Peskov: Putin Prigojin bilan 29-iyun kuni Kremlda uchrashdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘zg‘olonga urinishdan besh kun o‘tib Kremlda “Vagner” xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariyati bilan uchrashdi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Haqiqatan ham prezidentning shunday uchrashuvi bor edi. Unga 35 kishini taklif qildi. Barcha otrad komandirlari va shirkat rahbariyati. Shu jumladan Prigojinning o‘zi ham. Bu uchrashuv 29-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. U deyarli uch soat davom etdi", — dedi u jurnalistlarga.
Peskov ushbu uchrashuv tafsilotlari ma’lum emasligini ta’kidladi, ammo masalalarni sanab o‘tdi.

Biz aytishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, prezident maxsus harbiy operatsiya vaqtida kompaniyaning frontdagi harakatlariga baho berdi, shuningdek, 24-iyun voqealariga ham o‘z bahosini berdi. Putin qo‘mondonlarning tushuntirishlarini tingladi va ularga ishga joylashish imkoniyatlari taklif qildi, — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" XHK qo‘shinlari Rostov-na-Donudagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish ochildi.
Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi.
27 iyun kuni “Vagner” XHK qurolli isoni to‘g‘risidagi jinoiy ish jinoiy harakatlar to‘xtatilgani sabab tugatilgani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0