Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor flamingo jo‘jalari tuxumdan chiqdi – video

© AP Photo / Elise AmendolaFlamingo polaponi bilan, arxiv surat
Flamingo polaponi bilan, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Hozir mitti flamingolar bemalol turishadi va hatto uzun oyoqchalarida harakatlanishadi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi. Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar berdi.
“Jo‘jalar sog‘lom va viqorli ota-onalariga deyarli o‘xshamaydi hozircha. Jo‘jalarning patlari rangi kulrang - pushti pigment bir necha oy ichida paydo bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, jo‘jalar muvozanatni saqlab, o‘tirishni o‘rganib olishgan. Hozir ular bemalol turishadi va hatto uzun oyoqchalarida harakatlanishadi.
Flamingolar poytaxt hayvonot bog‘iga 2019-yilda keltirilgan. 2022-yilda qushlar uya qurishga urinishgan, 2023-yilda esa juftliklar tuxum qo‘yib, jo‘jalarni o‘zlari boqadigan g‘amxo‘r ota-onalarga aylanishgan.
Yangiliklar lentasi
0