O‘zbekistonlik para yengil atletikachilar JChda navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki UzbekistanParalimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi
Paralimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
Fransiyada o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining kunduzgi dasturida 3 nafar o‘zbekistonlik sovrindorga aylandi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik para yengil atletikachilar jahon chempionatida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Fransiyada o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining kunduzgi dasturida 3 nafar o‘zbekistonlik sovrindorga aylandi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida F 13 klassida nayza uloqtirish dasturida Nozimaxon Qayumova hamda F 57 klassida disk uloqtirish dasturida Mohigul Hamdamova kumush medalga ega chiqdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki UzbekistanParalimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi
Paraolimpiysi viigrali yeshe 3 medali i 3 litsenzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Paralimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi
Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida Elbek Sultonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki UzbekistanParalimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi
Paraolimpiysi viigrali yeshe 3 medali i 3 litsenzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Paralimpiyachilar yana 3 ta medal va 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi
Ushbu sportchilar ham jahon chempionatida qayd etgan muvaffaqiyatlari tufayli Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik sportchi Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0