Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda

© unsplash/Victor FreitasMujchina derjit shtangu v sportzale
Mujchina derjit shtangu v sportzale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport tovarlarini import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, ushbu qonun loyihasida bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qanday tartibda berilishi bo‘yicha aniqlik kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari, ashyolari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlar hamda uskunalarni xorijdan import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
Tovarlar ro‘yxati Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantirilgan. Ular davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0