Jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligi cheklanadi

© © Sputnik / Stas Etvesh"Afrosiyob" poyezdi, arxiv surat
Afrosiyob poyezdi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarning sovitish tizimi ishlash quvvati ham pasayishidan ogohlantirgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda respublika hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat ko‘tarilishi va natijada yer usti temir yo‘llari relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori darajaga yetishi mumkin.
“Shu bois yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi”, - deyilgan xabarda.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarning sovitish tizimi ishlash quvvati pasayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0