Yengil atletika bo‘yicha OCh: O‘zbekiston ilk medalni qo‘lga kiritdi

© NOKSuxrob Xodjayev popolnil kopilku delegatsii Uzbekistana pervoy medalyu ChA
Suxrob Xodjayev popolnil kopilku delegatsii Uzbekistana pervoy medalyu ChA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Suhrob Xodjayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Suhrob Xodjayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sportchining ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qit’a chempionatining kumush medalini keltirdi. Birinchi o‘rin xitoylik Van Siga nasib etgan bo‘lsa, yaponiyalik Shota Fukuda kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Bosqon uloqtirish, OCh:
Van Si (Xitoy) – 72.13;
Suhrob Xodjayev (O‘zbekiston) – 71.83;
Shota Fukuda (Yaponiya) – 71.80.
Yangiliklar lentasi
0