Lavrovning paydo bo‘lishi jurnalistlar orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi — video

Obuna bo‘lish
Jakartadagi ASEAN yig‘ilishida Lavrovning paydo bo‘lishi jurnalistlarni orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hammasi selfi bilan tugadi.
TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning paydo bo‘lishi ASEAN vazirlarining Jakartadagi yig‘ilishini yoritayotgan jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Malayziyada bugun Rossiya-ASEAN tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. U yakunlanganidan so‘ng Lavrov rejalashtirilgan ikki tomonlama uchrashuvlardi ishtirok etishi kerak edi. Biroq yig‘ilgan jurnalistlar yo‘lllar bilan uning e’tiborini o‘zlariga tortishga urinishdi: ular qichqira boshladilar, chapak chalishdi.
Lavrov muxbirlar to‘dasiga yaqinlashganda, ularning ba’zilari kameralar ko‘rinishini to‘sib qo‘ymaslik uchun polga o‘tirdi, jurnalistlar ingliz tilida bo‘lmasada, savollar bera boshladi. Shovqin va sarosimada bir so‘zni tushunmagan vazir bunga javoban birgalikda suratga tushishni taklif qildi va yerda o‘tirgan OAV vakillarini o‘rnidan turishni so‘radi.
Bir-ikki kadr va bir nechta selfilardan so‘ng Lavrov jurnalistlar bilan qo‘l berib ko‘rishdi va ularga muvaffaqiyat tiladi.
Yangiliklar lentasi
0