Rossiya texnologik suverenitetga ega bo‘lishi kerak — Putin

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s glavami pravitelstv, uchastvuyushix v zasedaniyax YeMPS i soveta glav pravitelstv SNG.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s glavami pravitelstv, uchastvuyushix v zasedaniyax YeMPS i soveta glav pravitelstv SNG. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya ishlab chiqarish uskunalari, dasturi ta’minot sohalarida texnologik suverenitetga ega bo‘lishi kerak, dedi Putin.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Vladimir Putin "Kvant dunyosi. Hisoblash va kommunikatsiyalar" Kelajak texnologiyalari forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Prezident ayrim davlatlar rahbarlari Rossiyaga nisbatan texnologik blokada uyushtirganini, biroq mamlakat taslim bo‘lmasligini va o‘z yo‘lida olg‘a borishda davom etishini ta’kidladi.
"Raqiblarimiz biz chekinishimizni, taslim bo‘lishimizni kutishgan edi, lekin bu sodir bo‘lmaydi, biz bunday hollarda tez-tez aytamiz: Rossiya o‘zini hech kimdan ajratib qo‘ymasdan faqat oldinga va o‘z yo‘lida harakat qiladi. Biz tashqi chaqiriqlarga faqat ish sifati va samaradorligini kuchaytirish, erkinlikni kengaytirish bilan javob beramiz”, dedi prezident.
Putin fikricha, xorijiy texnologiyalarga qaramlik milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi, suverenitetning zaiflashishiga va yo‘qolishiga olib keladi.
"Ba’zi xorijiy hamkorlar "eshikni mahkam yopganidan" keyin Rossiya bu sohada xulosalar chiqardi va saboq oldi", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti mahalliy texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, u yangi yo‘nalishlarda ish boshlayotgan tadqiqotchilar uchun mega-grant dasturlari qayta tiklanishini ma’lum qildi. Hukumat va Davlat dumasiga ularni moliyalashtirishni 2026-yilgacha ta’minlashni topshirdi.
Bundan tashqari, prezident ma’lumotlar iqtisodiyotini shakllantirish bo‘yicha yangi milliy loyihani tayyorlashni taklif qildi. Prezident fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ham topshiriq berdi.
Putin aytishiga ko‘ra, Rossiya rivojlanish uchun muhim bo‘lgan tarmoqlarda o‘z vakolatlariga ega bo‘lishi kerak. Gap uskunalar, dasturiy ta’minot, elementlar bazasi va xodimlar haqida bormoqda.
Prezident, shuningdek, Rossiya boshqa davlatlar bilan teng huquqli hamkorlik va ilmiy ittifoqlarni kengaytirishni rejalashtirayotganini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, "Hisoblash va kommunikatsiyalar. Kvant dunyosi" Kelajak texnologiyalari forumi Rossiyada 9-14 iyul kunlari VTS Kongress markazida birinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. U yerda davlat korporatsiyalari va asosiy ishlab chiqaruvchilarning kvant texnologiyalari va mahsulotlari namoyish etilmoqda. 13-14 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma doirasida – “Rossiya temir yo‘llari”, "Rosatom", "Gazprombank", Moskva hukumati va "Sberbank" XAJ tomonidan yuqori texnologiyali ishlanmalar namoyish etiladi.
Yangiliklar lentasi
0