Toshkentda sayr qilib yurgan maymun kimniki ekanligi aniqlandi — video

© Sputnik / Mixail MokrushinMaymun, arxiv surat
Maymun, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Maymun sirk xodimlariga tegishli bo‘lib, u o‘yin uchun qo‘yib yuborilgan.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Toshkentda sayr qilib yurgan maymun ushlandi. Bu haqda “Pochtachi” telegram kanali Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida sayr qilib yurgan maymun aks etgan videolar tarqaldi. Aytilishicha, maymun sirk xodimlariga tegishli bo‘lib, u o‘yin uchun qo‘yib yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoq orqali berilgan video murojaat yuzasidan Shayxontohur tuman inspeksiyasi, IIB Ekopatrul xizmati xodimlari bilan birgalikda tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.

“Sirk xodimlari tomonidan maymun sayr qildirib yurilgan vaqtda fuqarolar tomonidan videoga olinib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Hozirgi vaqtda maymun sirk xodimlari tomonidan qafasga kiritilgan. Nazorat ostida”, - deyiladi xabarda.

Xabarda fuqarolardan mazkur holat yuzasidan xavotirga tushmaslik so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0