Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi belgilandi — hukumat qarori

© Sputnik / Mariya DevaxinaRabochiy povorachivayet ventil na trubax v kotelnoy v podvale jilogo mnogokvartirnogo doma
Rabochiy povorachivayet ventil na trubax v kotelnoy v podvale jilogo mnogokvartirnogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar uchun qator sharoitlar yaratiladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 287-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, vaxta usulida ishlashni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
o‘rmon xo‘jaligi, geologiya-qidiruv, aloqa va temir yo‘l transporti tashkilotlarida;
qurilish-montaj, shuningdek, rekonstruksiya-ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkilotlarida;
energetika obyektlaridan foydalanishda (ekspluatatsiya qilishda);
neft va gaz sanoati obyektlarida, shu jumladan, quvur o‘tkazuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;
rangli va qimmatbaho metallar, ko‘mir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini o‘zlashtirishda;
vaxta usuli qo‘llangan tashkilotlar xodimlariga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.
Vaxta usulida ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:
18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
homilador ayollar;
3 yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biri (vasiy);
tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan shaxslar.
Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar transport, savdo-maishiy xizmatlar hamda kuniga uch mahal issiq ovqat bilan markazlashgan holda ta’minlanadi va ularning ovqatlanishi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.
Bunda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.
Vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga mehnat ta’tili vaxta smenasi oralig‘idagi dam olish vaqtida berilishi mumkin emas.
Ma’lumot uchun, vaxta usuli – bu doimiy yashash joyidan sezilarli darajada uzoqda bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlari yoki uchastkalarga (ish joyiga) belgilangan jadvallar bo‘yicha smena (vaxta) xodimlari muntazam ravishda yetkazib beriladigan ishni tashkil etish shakli.
Yangiliklar lentasi
0