Bugundan talabalar o‘qish joyini o‘zgartirish uchun ariza yozishlari mumkin — tafsilotlar

© CC0 / Unsplash / Christin HumeDevushka za noutbukom
Devushka za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bugundan o‘qishni ko‘chirish uchun ariza olish boshlanadi, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.
Oliy ta’lim muassasalarda (OTM) o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanadi va 5-avgustga qadar davom etadi.
Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0