O‘zbekistonda birinchi marta 8 mln tonna g‘alla yetishtirildi — hosildorlik yuqori hududlar

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
O‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
2024 yil hosili uchun 265,6 ming tonna sara urug‘lik don jamg‘arildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi marta 8 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi. Suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
V fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
O‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
Jami 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 722 ming tonna, jumladan 2 456 ming tonna tovar don, 2024-yil hosili uchun 265,6 ming tonna sara urug‘lik don jamg‘arildi.
G‘alla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 s/ga, Toshkentda 74,2 s/ga, Samarqandda 73.8 s/ga, Farg‘onada 73,7 s/ga, Andijonda 73,5 s/ga, Xorazm 73 s/ga, Surxondaryoda 72,3 s/ga, Sirdaryoda 72,1 s/ga, Namanganda 72,6 s/ga ni tashkil qildi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
V fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
O‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi

“Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi”, deyiladi vazirlik sarxisobida.

G‘allaning rivojlanish fazalari va navlarining pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatida 22-may, Qashqadaryoda 24-may, Sirdaryo, Toshkent va Buxoroda 29-may, Jizzaxda 31-may hamda Farg‘ona va Navoiyda 2-iyun, Andijon, Samarqand va Xorazmda 5-iyun hamda Qoraqalpog‘iston respublikasida 8-iyundan g‘alla o‘rim ishlariga kirishildi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
V fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
O‘zbekistonda 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi
Quyidagi xo‘jaliklar 95-100 sentner hosildorlikka erishdi:
Mirzacho‘l tumanidagi “Og‘abek Sobirovich”;
Uchqo‘rg‘ondagi “Farhod zamin tolasi”, “Toshpo‘lat hoji ota”;
Kattaqo‘rg‘ondagi “Jamolov Lutfullo dalalari”;
Angordagi “Ikki do‘st Surxon Angor”;
Jarqo‘rg‘ondagi “Otaqum Umidli Baraka”, “Mirkamol Dostonovich”, “Toshmurod bobo Abdulloh”;
Qumqo‘rg‘ondagi “Xurshid Jo‘rayev”;
Boyovutdagi “Bekzod Obloqulov”, “Mehnatkashga omad yor”, “Sayohat zavqi”;
Bekoboddagi “Boqiyeva Nazira agro”;
Yuqori Chirchiqdagi “Ibrohim agro fayz”;
Buvaydadagi “Alqor agrotex”, “Buyuk Zafar”;
Quvadagi “Komiljon Dilafruz Ismigul”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekistonda g‘alla hosildorligi oshgani haqida gapirib, g‘alla hosildorligi 57 sentnerdan 70 sentnerga oshdi va 2023-yil yalpi ishlab chiqarish 8,1 mln tonna bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0