O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi — tafsilotlar

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Obuna bo‘lish
Yil yakunigacha 28 ming gektar uzumzor va 8 ming gektar mevali bog‘lar barpo etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yil yakuniga qadar mevali bog‘lar va uzumzor maydonlari kengaytiriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Sirdaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari va korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi
Fruktov i ovoshey stanet bolshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 338 ming gektar mevali bog‘lar mavjud. Shu yilning o‘zida 25 ming gektar yangi mevali bog‘lar barpo etish belgilangan.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanO‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi
Fruktov i ovoshey stanet bolshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
O‘zbekistonda mevali bog‘lar va uzumzorlar ko‘payadi
"Bahor oyida 17 ming gektarda mevali bog‘ barpo etildi, kuzda yana 8 ming gektar barpo etish rejalashtirilgan", deyiladi vazirlik xabarida.
Respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud. Shu yilning o‘zida 2 million tonna uzum yetishtirish rejalashtirilgan.
Xorijga 298,6 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qilish prognoz qilingan.
Shundan:
Uzum - 206,1 mln dollar;
Mayiz - 92,1 mln dollar;
Vinochilik mahsulotlari - 439,6 ming dollar.
Qayd etilishicha, 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi. Yil yakunigacha yana 28 ming gektar barpo etish ko‘zda tutilgan.
Hozirda davlat reyestriga 74,5 ming xo‘raki, 77,7 ming kishmishbop va 21,6 ming sanoatbop, 40 dan ziyod uzum navlari kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda meva-sabzavot ishlab chiqarish 20 foizga oshib, 22,5 mln tonnaga yetgani ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0