Jizzaxda to‘qnashib ketgan “Lacetti” va “Cobalt” haydovchilari halok bo‘ldi

© UVD Djizakskoy oblastiJizzaxda to‘qnashib ketgan “Lacetti” va “Cobalt”
Jizzaxda to‘qnashib ketgan “Lacetti” va “Cobalt” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18 kilometrida “Lacetti” va “Cobalt” o‘zaro to‘qnashib ketdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida "Lacetti" va "Cobalt" to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea 15-iyul kuni soat 06:45 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18 kilometrida sodir bo‘lgan. “Lacetti” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishdagi “Cobalt” yo‘liga chiqib ketgan.
YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan bu mashinalarning 35 va 30 yoshli haydovchilari voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, mashinalarda bo‘lgan uch yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0