O‘zbekistonlik yengil atletikachi uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi —foto

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi
Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Tailandda o‘tayongan chempionatda Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Ayollar o‘rtasida ko‘pkurash yo‘nalishida ishtirok etgan Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi
Yekaterina Voronina - troxkratnaya chempionka Azii!  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2023
Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi
U 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamg‘arishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik sportchilar Farida Soliyeva va Svetlana Radzivil Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0