Yengil atletika bo‘yicha OCh: O‘zbekiston umumjamoa hisobida to‘rtinchi bo‘ldi

© NOKFarida Soliyeva
Farida Soliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi OChda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Tailandda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Ushbu natija evaziga delegatsiyamiz umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindistondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egalladi”, - Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
Yekaterina Voronina (ko‘pkurash)
Kumush medal:
Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish)
Farida Soliyeva (400 metr)
Bronza medal:
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)
Yangiliklar lentasi
0