Yer sayyorasini asteroiddan qanday qutqarib qolish mumkin - astronom

© Depositphotos.com / Animaxx3dAsteroid nedaleko ot planeti Zemlya
Asteroid nedaleko ot planeti Zemlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Yer sayyorasini kutilmagan asteroiddan faqat yadroviy kallakli raketa qutqarib qolishi mumkin deb hisoblaydi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Sayyoramiz tomon harakatlanayotgan jism bir necha kun oldin aniqlansa, uni faqat yadroviy kallakli raketa yordamida bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Nikolay Jeleznov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Biz bunday jismning yo‘nalishini o‘zgartirishga ulgurmaymiz, yadroviy kallakli raketani uchirish va obyektni yo‘q qilishimiz kerak bo‘ladi. Bitta ulkan jismdan ko‘ra, uning mayda parchalari tushgani ma’qul”, — dedi Jeleznov.
Shu bilan birga, Jeleznov bunday xavfli asteroidni atmosferaga kirish bosqichidan oldin aniqlash juda dargumon ekanligini aytib o‘tdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, osmon va shunga o‘xshash obyektlarni kuzatish doimiy ravishda amalga oshirilmoqda, shuning uchun “bu holatgacha bormasa kerak”.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar raketani aniqlangandan keyin kamida yarim soat o‘tgach uchirish imkonini beradi, biroq u uchirishga tayyor holatda saqlangan bo‘lsagina, deb ta’kidladi astronom.
Yangiliklar lentasi
0