O‘zbekistonlik sportchi Osiyoning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi bo‘ldi

© NOK UzbekistanaSharifa Davronova “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi
Sharifa Davronova “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
Obuna bo‘lish
Sharifa Davronova Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Osiyoning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Sharifa Davronova Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi” deb topildi.
Davronova yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, bu yil hisobidan Osiyo miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tadigan musobaqalar yakuniga yetdi. Davronova 2023-yil poytaxt mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 13.99 metr natija qayd etgan. Bu yil davomida nafaqat qit’a, balki jahon miqyosida yoshlar toifasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0