FIFA reytingi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda

© Sputnik / Abdubakir YunusovSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
FIFA dunyo milliy jamoalarining yangi reytingini e’lon qildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Srechko Katanes boshchiligida O‘zbekiston milliy jamoasi reytingda 74-o‘rinni saqlab qolgan. “Oq bo‘rilarning” Osiyo qit’asidagi o‘rni ham o‘zgarmagan – 10-o‘rin.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 97, Qozog‘iston 104, Tojikiston 110, Turkmaniston esa 138-o‘rinlarni band etgan.
Qatardagi jahon chempionatida chempion bo‘lgan Argentina hamon reyting peshqadami. Chempionatning kumush medali sohibi Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.
Yangiliklar lentasi
0