Qashqadaryo viloyati Xitoy bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Xokimiyat Kashkadarinskoy oblastiQashqadaryoda Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Qashqadaryoda Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati hokimi Qarshida Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo‘lib turibdi. Tashrifining ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari "JAC Motors" kompaniyasi faoliyati bilan tanishishdi.
© Xokimiyat Kashkadarinskoy oblastiQashqadaryoda Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
V Uzbekistane planiruyetsya zapusk proizvodstva avtomobiley JAC Mators  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Qashqadaryoda Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

“Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an’anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi”, - deyiladi xabarda.

Aytilishicha, hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda.

“Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qog‘ozi bo‘lishini ta’kidladi. Ya’ni, kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Viloyatda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0