O‘zbekistonliklar asosan qaysi kitoblarni sovg‘a va o‘qish uchun xarid qilishmoqda?

© asaxiy.uz kniga
kniga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Onlayn kitob do‘konlaridan asosan fantastik, anitiutopik, psixologiya, hikoya, biografik, badiiy janrlardagi kitoblarni xarid qilishmoqda.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik kitobsevarlar onlayn kitob do‘konlaridan asosan fantastik, anitiutopik, psixologiya, hikoya, biografik, badiiy janrlardagi kitoblarni xarid qilishmoqda. Sputnik o‘zbekistonliklar sovg‘a va o‘qish uchun xarid qilayotgan kitoblar ro‘yxatini tuzdi.
Sayyohlar va o‘zbek kitobxonlari Toshkentdagi kitob do‘konlaridan Alisher Navoiyning "Xamsa", Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar", Umar Xayyomning ruboyilari va Amir Temurning biografiyasi haqidagi kitoblarni sovg‘a uchun xarid qilishmoqda.
© asaxiy.uz “1984” romani
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
“1984” romani
“1984” romani britaniyalik yozuvchi Jorj Oruellning antiutopik yo‘nalishda yozilgan roman dunyoning eng mashhur asarlari ro‘yxatidan joy olgan. Asarda o‘tgan asrning 80-yillarida Ummoniya mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida so‘z boradi. Asardagi voqealar 1984 sodir bo‘lgani uchun ham, kitob “1984” deb nomlanadi.
© asaxiy.uz Farangeyt bo‘yicha 451 daraja
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Farangeyt bo‘yicha 451 daraja
"Farangeyt bo‘yicha 451 daraja" – amerikalik yozuvchi Rey Bredberi tomonidan fantastik janrda yozilgan asar 1953-yilda chop etilgan. Asarda kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qilinadi. Uning qahramoni Gay Monteg – o‘t o‘chiruvchi.
© asaxiy.uz Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
kniga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
"Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi" – Stiven R. Kovi tomonidan yozilgan asar birinchi bor 1989-yilda nashrdan chiqadi. Kitob doimo muvaffaqiyatga intiluvchilar uchun. U insonning rivojlanishi, hayot mazmuni va voqea-hodisalarga reaksiyasi, ya’ni javobi haqida. Asarda ko‘plab mashhurlardan misol keltiriladi.
© asaxiy.uz Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
"Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi" – iqtisodchi Larisa Burakova o‘z asrida korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin, butun mamlakatlarni elektr va gaz bilan uzluksiz ta’minlash kabi islohotlarga batafsil izoh bergan.
© asaxiy.uz Ajib yangi dunyo
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Ajib yangi dunyo
"Ajib yangi dunyo" – Oldos Haksli asarni 1932-yilda nashr etgan. U distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati to‘g‘risida hikoya qiladi. Unda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi ta’lim, ruhiyatga ta’sir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson — asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi.
© asaxiy.uz Chernobil tavallosi
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Chernobil tavallosi
"Chernobil tavallosi" Svetlana Aleksiyevichning bu kitobi hodisaning beayb qurboniga aylangan beloruslarning boshdan kechirganlari haqida hikoya qiladi. Aleksiyeyevich yuzlab odamlar, jumladan, o‘t o‘chiruvchilar, siyosatchilar, shifokorlar, fiziklar va oddiy fuqarolar bilan suhbatlashgan hamda ularning hikoyalari falokat insoniyat uchun qanchalik qimmatga tushganini ochib bergan.
© asaxiy.uz Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
"Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi" Charlz Uilanning “Yalang‘och iqtisodiyot” nomli kitobida iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchaga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yo‘q, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan.
© asaxiy.uz Javdarzordagi xaloskor
Kitob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Javdarzordagi xaloskor
"Javdarzordagi xaloskor" – Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946 yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951-yili alohida kitob bo‘lib chiqqan. Asar ko‘plab tillarga o‘girilgan. “Javdarzordagi xaloskor” ko‘p bora senzuraga uchragan bo‘lishiga qaramay, AQSh maktablarida eng ko‘p o‘qitilgan asarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi. Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o‘smirlarning sarkashligi, isoni timsoliga aylanishga ulgurgan.
© asaxiy.uz Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
Kniga  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
"Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi" Toni Sheyning asari "Zappos" bosh direktori Toni Shey "LinkExchange", "Zappos" va boshqalar orqali chuvalchang yetishtirish fermasidan tortib pizza biznesini yuritishgacha bo‘lgan biznes va hayotda olgan turli saboqlari bilan o‘rtoqlashadi. Bir nafasda o‘qib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0