O‘zbekiston qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi — terma jamoa tarkibi

© Sputnik / Grigory SysoevSportsmen iz Gonkonga Chan Szin Fey v poyedinke protiv Sofi Velikoy v individualnix sorevnovaniyax na sablyax sredi jenshin na chempionate mira po fextovaniyu v Budapeshte
Sportsmen iz Gonkonga Chan Szin Fey v poyedinke protiv Sofi Velikoy v individualnix sorevnovaniyax na sablyax sredi jenshin na chempionate mira po fextovaniyu v Budapeshte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Italiyaning Milan shahrida 22-iyuldan qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyada o‘tadigan qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston terma jamoasi ham bo‘lib, sportchilar Apennin yarim oroliga katta tarkibda yo‘l olgan.
Musobaqa dasturi va sportchilarning chiqishi haqidagi ma’lumot quyidagicha:
22 iyul - Saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida.
Tarkib: Malika Hakimova, Sevara Rahimova, Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murtazoyeva / Sherzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.
23 iyul - Saralash: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida.
Tarkib: Umida Ilyasova / Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Mo‘minov, Meyrxan Timurov.
24 iyul - Saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida.
Tarkib: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego, Fernanda Errera / Muhammad Yusuf Asranov, Ahmudilloxon Solixojiyev, Ilyas Molina, Doniyor Sa’dullayev.
25 iyul - Pley-off bosqichi: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
26 iyul - Pley-off bosqichi: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida
27 iyul - Jamoaviy saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida Pley-off bosqichi: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida (yakkalik)
28 iyul - Jamoaviy saralash: erkaklar shpaga, ayollar rapira qurolida ¼, ½ final va final: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
29 iyul - Jamoaviy saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira ¼, ½ final va final: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida
30 iyul - ¼, ½ final va final: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida
Musobaqa 22-iyul kuni boshlanadi. U Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida eng yirik reyting ochkolarni taqdim etadi. Unda 158 mamlakatdan 1000 dan ziyod qilichboz g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0