Toshkent viloyatidagi ayrim mahallalarning chegara hududlari o‘zgarmoqda — manzil

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaxallya vdol kanala Kalkauz v Tashkente
Maxallya vdol kanala Kalkauz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2023
Obuna bo‘lish
Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o‘tgan "Namuna" mahallasi va boshqa mahallalarning chegaralariga o‘zgartirish kiritildi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatidagi ayrim mahallalarning chegara hududlari o‘zgarmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd etilishicha, Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o‘tgan Namuna mahallasi va boshqa mahallalarning chegaralariga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra:
Namuna mahallasi tarkibidagi Suyurtepa (qishlog‘i) hududi (jami 35 ta aholi xonadoni, 1 ta ko‘cha va 124,467 gektar yer maydoni bilan) Olmaliq shahar Muqimiy mahallasi tarkibiga;
Namuna mahallasi tarkibidagi Suyurtepa (qishlog‘i) hududidagi 38.3 gektar aholi yashash punktlarisiz yer maydonlari Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi tarkibiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilishi ma’lum qilingandi. Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal xabariga ko‘ra, shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.
Yangiliklar lentasi
0