Bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda "svet" bo‘lmaydi — manzil

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v Krasnoyarskom krae
Linii elektroperedach v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2023
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentning qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Alpomish" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Uchtepa tumani: "Diydor" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
Xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Yangiliklar lentasi
0