Andijondagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

© MChSPojar v Andijane
Pojar v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida uyning 95 kv.m maydonda tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oqtepa” MFY Qo‘shqayrag‘och ko‘chasida joylashgan uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmai xabar berdi.
Yong‘in to‘g‘risida ma’lumot 22-iyul kuni soat 22:10 da FVBga xabar qilingan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da o‘rab olingan va soat 22:56 da o‘chirilgan.
© MChSAndijondagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Pojar v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2023
Andijondagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in natijasida uyning 95 kv.m maydonda tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 150 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Yong‘inni sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0