Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmati narxlari oshiriladi

© Unsplash/Jacek DylagKran, arxiv surat
Kran, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Ichimlik suvi va oqova xizmati uchun yangi narxlar 20-avgustdan boshlab qo‘llaniladi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi, deya xabar berdi "O‘zsuvta’minot".
Viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tartibga solish maqsadida iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun 2023-yil 20-avgustdan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Yangi tariflar
Ichimlik suvi:
aholi uchun –1 m3 – 1 700 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 7 000 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 7 000 so‘m.
Oqova suv xizmati uchun:
aholi uchun – 1 m3 – 850 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 1 850 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 1 850 so‘m.
Shuningdek, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” MChJ hamda "Musaffo obi hayot" MChJ tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun ham yangi narxlar tasdiqlandi.
“Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti”dagi yangilangan tariflar
Ichimlik suvi:
aholi uchun –1 m3 – 1 050 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 1100 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 4 000 so‘m;
Oqova suv xizmati uchun:
aholi uchun – 1 m3 – 300 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 350 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 2 800 so‘m.
"Musaffo obi hayot"dagi yangilangan tariflar
Ichimlik suvi:
aholi uchun –1 m3 – 600 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 1 000 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 3500 so‘m;
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 m3 - 600 so‘m.
Oqova suv xizmati uchun:
aholi uchun – 1 m3 – 400 so‘m;
budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 500 so‘m;
ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 1 100 so‘m;
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 m3 - 400 so‘m.
Aytilishicha, o‘tgan besh yilda Toshkent viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 60,9 foizdan 73,8 foizga yetkazildi.
Markazlashgan suv ta’minoti asosan viloyatning 3 ta yirik yer usti inshootlari hamda 22 ta tumandagi suv ishlab chiqarish inshootlaridan iborat. Aholiga 594 ta suv inshootlari, 866 dona suv olish quduqlari hamda 6 683,6 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlari va tarmoqlari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida 2022-yilda jami 7,4 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 45,2 km ichimlik suv tarmoqlari kapital, 125,1 km qismi joriy ta’mirlangan. Shuningdek, ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0