Gveniyalik diplomat Rossiya – Afrika sammitiga Putin surati tushirilgan libosda keldi - video

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGveniyalik diplomat
Gveniyalik diplomat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Gveniyalik diplomat bu futbolka uchun hatto kurashishiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Gveniyaning Rossiyadagi elchixonasi xodimi Rossiya – Afrika sammitiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tushirilgan futbolkada keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Surati tushirilgan bu inson – mening qalbim, ko‘nglim. Men uni Moskvada “Topliy Stan” metrosi oldida sotib oldim. U uchun hatto kurashishimga to‘g‘ri keldi: bir ayol uni xarid qilmoqchi edi, mening esa kartam ishlamay qoldi. Qizim menga pul o‘tkazgunicha kutib o‘tirdim”, - deydi diplomat
Sankt-Peterburgda 27-28 iyul kunlari ikkinchi Rossiya – Afrika iqtisodiy va gumanitar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya va Afrikaning barcha darajadagi, jumladan, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim va xavfsizlik hamkorligi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. RIA Novosti tadbirning axborot hamkori.
Birinchi Rossiya – Afrika sammiti 2019-yili Sochida bo‘lib o‘tgan edi. Bir vaqtning o‘zini iqtisodiy forum ham o‘tkazilgan. Forumda Afrika davlatlari rahbarlari, Rossiya, Afrika va xalqaro biznes vakillari qatnashishgan.
Yangiliklar lentasi
0