Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi

© Press-slujba Ministerstva kulturi i turizma RuzMadaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matubot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan avval Ozodbek Nazarbekovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Nazarbekov 2020-yil yanvaridan 2022-yil dekabrigacha madaniyat vaziri lavozimida ishlagan, o‘tgan yil oxiridagi ma’muriy islohotdan so‘ng madaniyat va turizm vaziri bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0