Poltavada Pushkin va general Vatutin haykali buzib tashlandi

© Foto : Irina Gerashenko / TelegramPoltavada Pushkin va general Vatutin haykali buzib tashlandi
Poltavada Pushkin va general Vatutin haykali buzib tashlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainada sovet va Rossiya bilan bog‘liq geografik obyektlarni qayta nomlash va ularga qarshi kurashish 2015-yilda boshlangan.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Ukraina g‘arbidagi Poltavada ulug‘ rus shoiri Aleksandr Pushkin va Sovet Ittifoqi Qahramoni armiya generali Nikolay Vatutin haykali buzib tashlandi. Bu haqda Ukraina Oliy radasi deputati Irina Gerashenko ma’lum qildi.
Avvalroq Poltava shahar kengashi deputatlari Pushkin, Vatutin va Ulug‘ Vatan urushi yillarida Polosk mudofaasi qahramoni Aleksey Zigin haykalini buzib tashlashni yoqlab ovoz berishgandi. Ta’kidlanishicha, uning og‘irligi va ishlarning qiyinligi sabab Zigin haykali sal keyinroq buzib tashlanadi.
Shahar kengashi rasmiy hujjatlarni kutmaslikka hamda rus va sovet arboblari yodgorliklarini mustaqil ravishda yo‘q qilishga qaror qilgan.
Ukrainada sovet va Rossiya bilan bog‘liq geografik obyektlarni qayta nomlash va ularga qarshi kurashish 2015-yilda boshlangan. O‘shanda dekommunizatsiya deb ataluvchi qonun qabul qilingan edi. 2022-yilga kelib Ukraina hukumati 2,5 mingtadan ziyod yodgorlikni buzib tashlagan, 900 mingtadan ziyod aholi punkti va 50 mingtaga yaqin ko‘cha qayta nomlangan.
Yangiliklar lentasi
0