Sergey Shoygu Kim Chen In bilan uchrashdi — nimalarni muhokama qilishdi?

© Sputnik / RIA NovostiSergey Shoygu va Kim Chen In
Sergey Shoygu va Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Koreya OAVlari yozishicha, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakat rahbari bilan uchrashgan.
TOShKENT, 27-iyul – Sputnik Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pxenyanda KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda "Koreya ovozi" radiosi.
“Kim Chen In mudofaa vaziri Shoygu bilan uchrashishdan va u bilan samimiy salomlar almashishdan mamnun bo‘ldi... Muzokaralarda ular KXDR va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlikning chuqur tarixini eslashdi, milliy mudofaa va xavfsizlik sohasida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishdi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Shoygu Shimoliy Koreya rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maktubini yetkazgan.
Shuningdek, radioning xabar berishicha, muzokaralardan so‘ng ular bir-birlariga sovg‘alar taqdim qilishgan.
Rossiyaning harbiy delegatsiyasi mudofaa vaziri rahbarligida seshanba kuni Koreya urushidagi harbiy harakatlar tugaganining 70-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish uchun Shimoliy Koreyaga yetib kelgan.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqichga aylanadi.
Rasmiy tashrif 27-iyulga qadar davom etadi.
Kak vstretili Sergeya Shoygu v KNDR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Sergey Shoyguni Shimoliy Koreyada qanday kutib olishdi — video
Yangiliklar lentasi
0