Bugun Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzil

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi qator ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
27 iyul kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yakkasaroy tumani: "Konstitutsiya" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
Sergeli tumani: "Eski jaloir" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Xabarda aytilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0