Qish g‘ami yozda: aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUgol
Ugol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2023
Obuna bo‘lish
2023-24 yilgi kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yetkazib berish budjet tashkilotlariga may oyidan aholiga — iyul oyidan boshlandi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Kelayotgan kuz-qish mavsumi uchun aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlash may oyidan boshlandi va ayni kunlarda bu ish nihoyasiga yetkazilmoqda. Bu haqida “Ko‘mir ta’minot” MChJ direktorining o‘rinbosari Farhod Xursanov ma’lum qildi.
2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun budjet tashkilotlariga 491,7 ming tonna, aholi uchun 1 190,7 ming tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ayni damda 26-iyul holatiga budjet tashkilotlari 252 ming tonna 2BR markali ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi. Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga ‒ 193 ming tonna, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga ‒ 26 ming 400 tonna, Madaniyat va turizm vazirligi tizimiga ‒ 1 ming 300 tonna, Sport vazirligiga ‒ 900 tonna, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga ‒ 30 ming 100 tonna va hokazo.
Aholi iste’molchilarini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari bu gal ancha barvaqt ‒ 2-iyuldan boshlandi. 26-iyul holatiga 85 ming tonna 2 BZR 25-500 markali ko‘mir tarqatildi.
Ayni kunlarda “Ko‘mir ta’minot” MChJga qarashli 89 ta hududiy ko‘mir ombori va 12 ta shoxobcha ishlab turibdi. Ular mavsumga tayyorlangan. Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va qulaylik yaratish maqsadida “Ko‘mir ta’minot” MChJ tomonidan 43 ta “ISUSU” 11 ta “MAN” rusumli yuk mashinalari hamda 62 ta avtoyuklagich jalb etilgan.
Aholi uchun mo‘ljallangan ko‘mir mahsuloti “Ko‘mir ta’minot” MChJga qarashli hududiy ko‘mir omborlari va shoxobchalari orqali, hududiy MFYlar tomonidan berilgan va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida tarqatilmoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadini ko‘zlab, mahalliy ko‘mir narxi o‘zgarishsiz qoldirilgan, ya’ni 1 tonna mahalliy ko‘mir narxi ‒ 300 300 so‘mni tashkil etadi. Mahsulot 2-BZR markali bo‘lib, fraksiyasi 0-300 mm dan 25-500 mm gacha yaxshilangan.
Yangiliklar lentasi
0