O‘zbekistonlik voleybolchilar "ilk bor" jahon chempionati yo‘llanmasini olishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Respubliki UzbekistanVoleybol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2023
Obuna bo‘lish
Shu paytgacha hech bir yosh toifasidagi jamoa qit’a birinchiligi finali va mundialga yo‘l olmagan edi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik voleybolchilar ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Pokistonni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qiziqarli bahs sportchilarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Ushbu g‘alaba final bilan bir qatorda voleybolchilarimizga kelasi yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham taqdim etdi. Shu paytgacha hech bir yosh toifasidagi jamoamiz qit’a birinchiligi finali va mundialga yo‘l olmagan edi”, deyiladi xabarda.
Endi jama bugun Eronga qarshi chempionlik uchun maydonga tushadi.
Yangiliklar lentasi
0