Bugun abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan binoni ko‘rib ketishlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Zafar XalilovTest sinovlari o‘tkazilayotgan bino
Test sinovlari o‘tkazilayotgan bino - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2023
Obuna bo‘lish
Bugun soat 11:00 dan 13:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelishlari mumkin.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Bugun abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan bino bilan tanishib ketishlari mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Bugun soat 11:00 dan 13:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar davom etadi va ular ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi. Kirish test sinovlarini ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 3 500 nafarga yaqin nomzod guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladi.
Yangiliklar lentasi
0