O‘zbekiston kaolin qazib olish va uni qayta ishlashga e’tibor beradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po narashivaniyu zapasov i uvelicheniyu obyemov osvoyeniya poleznix iskopayemix.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po narashivaniyu zapasov i uvelicheniyu obyemov osvoyeniya poleznix iskopayemix.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Obuna bo‘lish
Respublikada oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkazish, uni qayta ishlashni ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekiston kaolin qazib olish va undan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida bugun prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan foydali qazilmalar mavzusidagi taqdimotda ma’lum bo‘ldi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda kaolin qazib olish va qayta ishlab bo‘yicha qiymati 620 million dollarlik 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 2023-yilda kaolin eksporti 81 million dollarga, 2030-yilga borib 180 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda, O‘zbekistonda yangi kaolin konlarini topish va oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkazish, uni qayta ishlash loyihalarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
Majlisda shuningdek, uran zaxirasini o‘stirish maqsadida xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari davom ettirish, gidrotermal va qora slanesli uran konlarini o‘zlashtirishga xorijiy investorlar jalb qilish vazifasi ham belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po narashivaniyu zapasov i uvelicheniyu obyemov osvoyeniya poleznix iskopayemix.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po narashivaniyu zapasov i uvelicheniyu obyemov osvoyeniya poleznix iskopayemix.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2023
Yangiliklar lentasi
0