Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina kolonnasi hujumini qaytargan Rossiya tanki ekipaji mukofotlanadi

Obuna bo‘lish
Rossiya tanki ekipaji Ukraina armiyasining ikkita tanki va sakkizta piyodalar jangovar mashinasiga qarshi jang qilgan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Zaporojye yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining hujumini qahramonlarcha qaytargan Rossiya tanki ekipaji taqdirlanadi, xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Rossiya tanki ekipajini 2023-yil iyun oyida Zaporojye yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari zirhli guruhining hujumini qaytarishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun davlat mukofotlariga taqdim etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml jang aks etgan videoni ko‘rganini ma’lum qilgan edi. Rossiya tanki ekipaji qahramonlik va mohirlik ko‘rsatgan, buni darsliklarda tahlil qilish mumkin.
Bo‘linmalardan birining qo‘mondoni RIA Novostiga Rossiya tanki ekipaji bir jangda Ukraina Qurolli kuchlarining Zaporojye yo‘nalishidagi zirhli texnika kolonnasini yo‘q qilganini ma’lum qilgan edi. Yana bir nechta mashinalarga tankka qarshi boshqariladigan raketalar va artilleriya yordamida zarbalar berilgan. Rossiya tanki esa hech qanday jiddiy zarar ko‘rmagan.
Yangiliklar lentasi
0