Rossiyada har beshinchi fuqaro bugungi jamiyat eng adolatli tuzilgan deb hisoblaydi — so‘rov

© Sputnik / Aleksey MayshevLyudi perexodat Bolshuyu Dorogomilovskuyu ulitsu v Moskve.
Lyudi perexodat Bolshuyu Dorogomilovskuyu ulitsu v Moskve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaliklarning 37 foizi hukumatning bugungi siyosatini yoqlaydi va u jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlashga ko‘proq hissa qo‘shmoqda deb hisoblaydi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Umumrossiya jamiyat fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) so‘roviga ko‘ra, har beshinchi fuqaro bugungi kunda Rossiya jamiyati eng adolatli tuzilgan deb hisoblaydi.
Rossiyaliklar fikriga ko‘ra, ijtimoiy adolat bu:
36 % — qonun oldida barchaning tengligi;
20 % — inson qadri uning mehnati natijasiga teng bo‘lishi;
19% — hamma bir xil yashashi (boylar va kambag‘allar bo‘lmasligi);
8% — har bir kishiga o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun imkon bo‘lishi;
6% — ijtimoiy zaif qatlamlar kafolatli himoyalanishi.
8% — boshqa variantlar;
3% — javob berishga qiynalganlar.
Rossiyaliklar fikriga ko‘ra, bugungi kunda eng adolatli davlatlar qo‘yidagilar:
34% — javob berishga qiynalgan;
21% — Rossiya;
11% — Xitoy;
10% — bunday davlat yo‘q;
6 % — Belarus;
5 % — Shvetsiya, Norvegiya, 4% — BAA, Germaniya, 3% — Finlyandiya, Shveysariya;
2% — AQSh, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya, Fransiya va boshqalar.
37% aholi hukumatning bugungi siyosatini yoqlaydi
Rossiyaliklarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (37%) hukumatning bugungi siyosati jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlashga ko‘proq hissa qo‘shmoqda deb hisoblaydi. Shuningdek, 27 % — aksincha fikrda, 26 % — hech qanday ta’sir qilmaydi deb hisoblaydi va 10 % — javob berishga qiynalgan.
Aytish joizki, hukumat tarafida bo‘lgan respondetlarning aksariyati 35 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Qarshilar orasida 18-34 yoshlilar ulushi ko‘proq.
VSIOM-Sputnik butunrossiya telefon so‘rovi 2023-yil 8-iyulda o‘tkazildi. So‘rovda 18 va undan katta yoshdagi 1600 nafar rossiyalik ishtirok etdi. So‘rov ijtimoiy-demografik parametrlar bo‘yicha teng taqsimlangan, xatolik ehtimoli 2,5% dan oshmaydi.
Yangiliklar lentasi
0