Toshkentning ayrim ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildi — manzil

© Sputnik / Pavel LisisinGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2023
Obuna bo‘lish
Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot”.
Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, “Yuqori Darxon” MFY Navro‘z va Dilxush ko‘chalarida olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilar:
Uchuvchilar mavzesidagi ko‘p qavatli 34 ta uylardagi 1100 ta xonadon;
“Qumariq” MFYda ko‘p qavatli 4 ta uylar 42 ta xonadon, 1199 ta yerli xonadon;
“Oltin vodiy” MFYda ko‘p qavatli 12 ta uylar 48 ta xonadon, 527 ta yerli xonadon;
“Yuqori Darxon” MFY Navro‘z va Dilxush ko‘chalarida 345 ta yerli xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
Uchuvchilar va Qumariq ko‘chalarida joylashgan 6 ta;
“Qumariq” MFYdagi xar xil turdagi 28 ta;
“Oltin vodiy” MFYdagi xar xil turdagi 27 ta;
“Yuqori Darxon” MFY Navro‘z va Dilxush ko‘chalarida xududida 4 ta ulgurji iste’molchilar.
Shuningdek, Yashnobod tumani “Mirishkor” hamda “Olmos” MFYlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilar:
“Mirishkor” MFY hududidagi yerli xonadonlar 510 ta;
“Olmos” MFY hududidagi aholi xonadonlar 36 ta.
Ulgurji iste’molchilar:
“Mirishkor” MFY va “Olmos” MFY hududidagi ulgurji iste’molchilar.
Yangiliklar lentasi
0