Abdusattorov Jahon kubogida durang qayd etdi — navbatdagi partiya kutilmoqda

© Foto : Iz lichnogo arxiva Nodirbeka AbdusattorovaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
Nodirbek Abdusattorov turkiyalik Vaxap Sanalga qarshi o‘yinda durang natija qayd etildi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda turkiyalik raqibi bilan durang o‘ynadi.
Jahon kubogining ikkinchi bosqichida ko‘plab favoritlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi durang natija bilan yakunlandi.
FIDE ma’lumotlariga ko‘ra, kecha dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Jahon kubogida ilk o‘yinlarini o‘tkazishdi. Musobaqada kuchli 50 nafar, ayollar guruhida esa kuchli 25 nafar shaxmatchilar ishtirok etdi.

"O‘z reytingi va yutuqlariga ko‘ra kuchli favorit bo‘lishlariga qaramay, dunyoning ko‘plab top o‘yinchilari qiyin kunlarni boshdan kechirishdi va durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishdi", deyiladi FIDE xabarida.

Shunday qilib, Nodirbek Abdusattorov turkiyalik Vaxap Sanalga qarshi o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Bugun 2-partiya o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda jahon kubogi o‘tkazilmoqda. Kecha musobaqaning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 30-iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.
Yangiliklar lentasi
0