Barcha amaldorlar mahalliy mashinalarda yurishi kerak — Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V.Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, amaldorlar mahalliy mashinalardan foydalangan taqdirda ularda mahalliy sanoat va brendlarni rivojlantirishga ko‘proq intilish paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiyaning barcha amaldorlari mahalliy avtomobillarda yurishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda. RIA Novosti xabariga asosan.
Prezident vazirlik va idoralar xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilishni davom ettirayotganini va ulardan voz kechishni istamayotganini ta’kidladi.
"Men buni mutlaqo istisno qilish kerakligini aytdim. Mamlakatning barcha amaldorlari esa mahalliy avtomobillarda yurishi kerak", - dedi davlat rahbari.
Prezident aytishiga ko‘ra, "biroz kamtarroq bo‘lishsa, dahshatli hech narsa bo‘lmaydi".

“Aksincha, bu hatto yaxshi bo‘ladi, bizning ajoyib amaldorlarimiz, mahalliy sanoat, mahalliy brendlarni rivojlantirishga intilishi kerak. Hayot sifatini yaxshilash esa, birinchi navbatda, shunga qaratilgan bo‘lishi kerak", - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Davlat rahbari fikriga ko‘ra, importdan umuman voz kechish kerak emas, lekin asosiy e’tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qaratilishi kerak.
Iyul oyi boshida Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin davlat organlari va budjet muassasalari uchun davlat xaridlarida mahalliy avtomobil sanoatiga e’tibor qaratishga chaqirdi. "Yedinaya Rossiya" deputati Sulton Hamzayev ham amaldorlarni rus avtomobillariga o‘tkazish g‘oyasi bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, senatorlar va Davlat Dumasi deputatlariga tegishli bo‘lishi kerak.
Biroz oldin Sochida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Rossiya prezidentiga Avto VAZ tomonidan ishlab chiqilgan uzaytirilgan "Lada Vesta" avtomobili ham taqdim etilgan edi.
© Sputnik / Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAvtomobil Lada Vesta Aura
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2023
Avtomobil Lada Vesta Aura
Yangiliklar lentasi
0