Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© QASHQADARYO.UZChiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2023
Obuna bo‘lish
Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.
© QASHQADARYO.UZChiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Yusupov Fayzulla Yakubovich utverjden na doljnost xakima Chirakchinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2023
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
“Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi”, deyiladi xabarda.
Yusupov 1976-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 1999-yil Toshkent moliya institutini, 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0